KVARS QUMLARIDAN MAGNIYOTERMIK QAYTARISH USULIDA TEXNIK KREMNIY OLISH TEXNOLOGIYASINI OPTIMALLASHTIRISH

Eshmurodov X.E., Jiyanova S.I., Suyunov J.R. — 2026-08-09 • International Journal of Digital Studies, 2(1): 228–234

PDF yuklab olish

Annotatsiya

Ushbu ilmiy ishda Surxondaryo viloyatining Jarqoʻrgʻon, Termiz, Sherobod tumanlari hamda Uchqizil hududidagi kvars qumlarining kimyoviy tarkibi, ularni boyitish usullari va magniyotermik qaytarish orqali texnik kremniy (TK) olish
jarayonlari oʻrganildi. Kvars qumlari dastlab XRD (rentgen fazaviy tahlil) va XRF (rentgen-flouresans) usullarida tahlil qilinib, tarkibidagi SiO2 miqdori va qoʻshimcha aralashmalar aniqlandi. Magniyotermik qaytarish jarayonida SiO2:Mg mol nisbati (1:2, 1:3, 1:4, 1:7) va harorat (600-1800°C) hamda vaqt (2-10 soat) parametrlarining taʼsiri oʻrganildi. Eng yaxshi natija 800°C da 6 soat davomida 1:2 mol nisbatda olib borilgan tajribada qayd etildi, bunda texnik kremniyning tozaligi ≈87% ga yetdi. Olingan mahsulot 773 markali kremniy sifatida siluminlar, ferrosilitsidlar va kremniyorganik
birikmalar ishlab chiqarishda qoʻllanilishi mumkin. Tadqiqot natijalari mahalliy xomashyodan sanoat uchun arzon va samarali texnik kremniy olish imkoniyatini koʻrsatdi